Jahon

Eron AQShning 15 bandli rejasini “real emas” deb baholadi

Tehron Vashingtonning muzokaralar bo‘yicha takliflarini mantiqsiz deb atab, AQSh diplomatiyasiga ishonch pastligini ta’kidladi.

Eron AQShning 15 bandli rejasini “real emas” deb baholadi

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh tomonidan taqdim etilgan mojaroni hal qilish bo‘yicha 15 banddan iborat reja real emasligini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi bayonot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan ilgari surilgan hujjatda “ortiqcha va mantiqsiz talablar” mavjud. Eron tomoniga turli nomlar ostida taqdim etilgan takliflar — 15 bandli yoki boshqa ko‘rinishdagi rejalarda Tehron uchun maqbul bo‘lmagan shartlar mavjudligi ta’kidlandi.

 

Diplomatning aytishicha, AQSh muzokaralarni taklif qilganida ko‘plab davlatlar ehtiyotkorlik bilan yondashadi, chunki Vashington diplomatiyasiga bo‘lgan ishonch darajasi masalasi ochiq qolmoqda. U Eronning turli masalalar bo‘yicha pozitsiyasi boshidanoq aniq bo‘lganini ham qayd etgan.

 

Shuningdek, Tehron Vashingtonning muzokaralarga haqiqatan ham tayyor ekaniga shubha bilan qarayotganini bildirgan. Ta’kidlanishicha, AQSh muzokaralar jarayoni davomida Eronga ikki marta — 2025-yil iyun va 2026-yil fevral oylarida hujum qilgan.

 

“Biz hozir AQSh harbiy tajovuzi kuchayib borayotgan vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz. Shu sababli barcha sa’y-harakatlarimiz o‘zimizni himoya qilishga qaratilgan. Bu bayonotlarni samimiy deb hisoblamaymiz”, — degan vazirlik vakili.

 

Avvalroq Donald Tramp AQSh Eron bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ham vositachilar orqali muzokaralar olib borayotganini va maslahatlashuvlar “ijobiy ruhda kechayotganini” bildirgan edi.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.