Jahon

Eron AQSHning razvedka samolyotiga zarba berdi

Shikastlangan Boeing E-3 Sentry AWACS samolyotini yangi Boeing E-7 Wedgetail bilan almashtirish 700 million dollarga tushishi mumkin.

Eron AQSHning razvedka samolyotiga zarba berdi

Eronning Saudiya Arabistonidagi aviabazasiga amalga oshirilgan hujumi natijasida, Amerika harbiylari Boeing E-3 Sentry AWACS razvedka samolyoti jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, internetda tarqalgan va tekshirilgan sputnik suratlarida E-3 Sentry samolyotining jiddiy shikastlangani, hatto ikkiga bo‘linganday ko‘ringani aks ettirilgan. Suratlar Ar-Riyoddan taxminan 100 km janubi-sharqda joylashgan “Shahzoda Sulton” aviabazasida olingani aniqlangan.

 

Tahlilchilar suratlardagi obyektlar — ustunlar, omborlar va maydon belgilari — sputnik tasvirlari bilan to‘liq mos kelganini ta’kidlagan.

 

Hozirga qadar AQSH Markaziy qo‘mondonligi holat yuzasidan rasmiy bayonot bermagan. 

 

Eronning  Fars agentligi esa, E-3 samolyotiga Shahed droni zarba berganini xabar qilgan. BBC esa 11-mart kuni olingan sputnik tasvirlarida aviabazada E-3 samolyoti qayd etilganini ma’lum qilgan, ammo bu aynan shu samolyot ekanligi hozircha aniq emas.

 

E-3 AWACS samolyoti Boeing 707 asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, orqa qismidagi aylanuvchi radar orqali uzoq masofadagi nishonlarni aniqlash imkonini beradi. U 270 million dollardan- 300 million dollargacha baholanadi.U harbiy operatsiyalarda erta ogohlantirish va havo jangida nazoratni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

 

The Wall Street ma’lumotiga ko‘ra, shikastlangan Boeing E-3 Sentry (AWACS) samolyotini yangi Boeing E-7 Wedgetail bilan almashtirish 700 million dollarga tushishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eron AQSHning razvedka samolyotiga zarba berdi | Zamon.uz