Jahon

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda

Hozircha tranzit uchun aniq miqdordagi to‘lov e’lon qilinmagan.

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda

Tehron Hormuz bo‘g‘ozi orqali tranzit yuk tashish uchun to‘lov joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda Eron parlamentining Milliy xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Alaeddin Borudjerdi ma’lum qilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament tomonidan tegishli qonun loyihasi qabul qilingach, mazkur suv yo‘li orqali o‘tish yangi tizim asosida boshqariladi. Qonun loyihasida kemalar xavfsizligi va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari tranzit uchun olinadigan to‘lovlar orqali qoplanishi nazarda tutilgan.

Hozircha tranzit uchun aniq miqdordagi to‘lov e’lon qilinmagan.

 

Avvalroq xalqaro dengiz nashri Lloyd’s List 20-mart kuni Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali tranzit uchun boj joriy etgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tasdiqlangan tashuvchilar uchun “xavfsiz yo‘lak” tashkil etilgan bo‘lib, ayrim operatorlar tranzit uchun taxminan 2 million dollar to‘lagan.

 

Shuningdek, Eron kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali rasmiy tranzitni tasdiqlash tizimini joriy etishni rejalashtirayotgani qayd etilgan.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Hormuz bo‘g‘ozi global energetika savdosida muhim strategik ahamiyatga ega. Harbiy keskinliklar boshlanishidan avval dunyodagi neft va neft mahsulotlarining 15–20 foizi, shuningdek suyultirilgan tabiiy gazning 30 foizdan ortig‘i aynan shu suv yo‘li orqali tashilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"