Jahon

Italiyada mashhur rassomlarning millionlab yevrolik asarlari o‘g‘irlandi

Jinoyatchilar asarlarni uch daqiqa ichida olib qochishgan.

Italiyada mashhur rassomlarning millionlab yevrolik asarlari o‘g‘irlandi

Italiyada Parma yaqinidagi  Manyani-Rokka jamg‘armasining xususiy muzeyidan uchta mashhur rassomning asarlari o‘g‘irlandi. Bu haqda AFP agentligiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, jinoyat 22 martdan 23 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. O‘g‘irlangan asarlar orasida Pyer Ogust Renuarning “Baliqlar”, Pol Sezannning qalam va akvarel bilan ishlangan “Gilosli tabiat manzarasi” hamda Anri Matissning akvarel “Terassadagi odaliska” asarlari mavjud.

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilar to‘rtta bo‘lgan. Niqobli jinoyatchilar kirish eshigini buzib, birinchi qavatdagi zallardan biriga kirishgan va durdona asarlar bilan muzey bog‘i orqali qochib ketishgan. Butun operatsiya uch daqiqadan kam davom etgan.

 

Manyani-Rokka jamg‘armasi xodimlari hodisani oldindan rejalashtirilgan jinoyat deb atab, uni kengayishidan videokuzatuv tizimi hamda politsiya va xavfsizlik xodimlarining tezkor aralashuvi to‘xtatganini bildirgan. O‘g‘irlangan asarlarning taxminiy qiymati millionlab yevrolarga baholangan, tergov ishlari davom etmoqda.

 

Manyani-Rokka jamg‘armasi xususiy muzeyi tanqidchi va kolleksioner Luiji Manyani nomi bilan atalgan bo‘lib, unda Titsian, Dyurer, Rubens va Goya kabi san’at ustalarining asarlari saqlanadi. Muzey Italiyadagi eng muhim san’at kolleksiyalaridan biri hisoblanadi.

 

San’at olamida so‘nggi oylarda boshqa yirik jinoyatlar ham sodir bo‘lgan. 2025-yil 19-oktabrda Parijdagi Luvrdan Fransiya monarxlarining taxminan 88 mln yevro qiymatdagi qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlangan edi. 

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Italiyada mashhur rassomlarning millionlab yevrolik asarlari o‘g‘irlandi | Zamon.uz