O'zbekiston

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining final bahslari yakunlandi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining final bahslari yakunlandi

Termiz shahridagi Surxon arena maydonida o‘tkazilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining final bahslari yakunlandi.

 

Qayd etilishicha, musobaqaning 3-o‘rin uchun uchrashuvida Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 74-maktab jamoasi Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

 

Final uchrashuvida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi Boysun tumani, 30-maktab jamoasiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada:

 

1-o‘rin: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasiga;

 

 

2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasiga;

 

 

3-o‘rin: Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasiga nasib etdi.

 

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Sport vaziri Adxam Ikramov, viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar mas’ullari, ishtirokchi o‘quvchi qizlar hamda ularning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

Musobaqa nizomiga ko‘ra, respublika bosqichida:

 

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi;

 

2-o‘rinni olgan Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi “Damas” avtomashinasi va 200 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi;

 

3-o‘rinni olgan Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi esa “Damas” avtomashinasi va 150 mln so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

 

 

Shuningdek, boshqa jamoalarga Sport vazirligi tomonidan vorkaut maydonchasi qurish bo‘yicha vaucher va 50 mln so‘m pul mukofoti, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan jami 800 mln so‘m qiymatdagi futbol koptoklari (har jamoaga 50 dona) va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Tadbir davomida taniqli san’atkorlar va madaniyat sohasi vakillari ishtirokida sahna ko‘rinishlari va bayram konsert dasturi tashkil etildi.

 

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.