O'zbekiston

O‘zbekistonda propan narxining asossiz oshishi yuzasidan 31 ta korxona javobgarlikka tortildi

Korxonalarga 28,9 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash belgilandi.

O‘zbekistonda propan narxining asossiz oshishi yuzasidan 31 ta korxona javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda propan bozorida narxlarni sun’iy oshirish va raqobatga zid harakatlar aniqlanib, bir qator korxonalar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Raqobat qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvlar natijasida ayrim kompaniyalar birja savdolarida kelishilgan tarzda narxlarni oshirgani va mahsulot hajmini sun’iy cheklagani aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida propan narxi 21 foizga pasaygan.

 

Nazorat tadbirlari hamda ishni ko‘rib chiqish jarayonida o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan muhokamalardan kelib chiqib quyidagi 31 ta subyektning raqobat to‘g‘risidagi qonun talablarini buzgani qayd etildi:

 

• “Poytug‘ gaz to‘ldirish korxonasi" MCHJ;

• “Taraqqiyot gaz servis” MCHJ;

• “Shirin Gaz Servis” MCHJ;

• “Oltinko‘l Hamkor Rivoj” MCHJ;

• "Osiyo Hamkor Maks" MCHJ;

• Inginering Gazavto Servis MCHJ;

• “Namangan-Istiqlol Bog‘i” MCHJ;

• “Nasaf Taminot Gaz Press” MCHJ;

• Friday-Exstra XK;

• “Saidbek Turabov” MCHJ;

• Planeta Neft Gaz Invest MCHJ;

• Gold Samarkand Oil MCHJ;

• Maroqand-Energy Gaz Oil MCHJ;

• Asatillo Bobo Gaz Invest MCHJ;

• Unit Group Sirdarya MCHJ;

• GAZONE MCHJ;

• CRITICAL MERCHANT MCHJ;

• NAFTON MCHJ;

• “Farg‘ona gaz to‘ldirish stansiyasi” MCHJ;

• Davr Global System MCHJ;

• Lutf Gaz Oil MCHJ;

• Prime Energi Oil MCHJ;

• Oilchem MCHJ;

• Sh-Z Handsome Group MCHJ;

• Crude Oil MCHJ;

• Tarbatneft MCHJ;

• Interneft MCHJ;

• GTL Gaz MCHJ;

• Wimbledon Oil MCHJ;

• Inter Gas Oil Lpg MCHJ;

• Energie-Group MCHJ

 

Shu jumladan, 12 ta subyektning birja savdolarida raqobatga zid keladigan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirgani, qolgan holatlarda birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish, mahsulotni qonunchilikka zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganlik harakatlari sodir etgani aniqlandi:

 

• Shirin Gaz Servis” MCHJ,

• “Nasaf Taminot Gaz Press” MCHJ,

• Friday-Exstra XK,

• Maroqand-Energy Gaz Oil MCHJ,

• Asatillo bobo Gaz Invest MCHJ,

• Unit Group Sirdarya MCHJ,

• Gazone MCHJ,

• “Farg‘ona gaz to‘ldirish stansiyasi” MCHJ,

• Oilchem MCHJ,

• Sh-Z Handsome Group MCHJ,

• Interneft MCHJ,

• GTL GAZ MCHJ

 

Xabarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan 31 ta subyekt tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun qonunbuzilishi davridagi tovar aylanmasiga nisbatan (28,9 mlrd so‘m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash hamda asossiz olingan (34.1 mlrd so‘m) pul mablag‘larini Respublika byudjetiga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

 

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda propan narxining asossiz oshishi yuzasidan 31 ta korxona javobgarlikka tortildi | Zamon.uz