O'zbekiston

O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvand moddalar savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchilar kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni turli dori vositalari idishlarida yashirin holda olib kirgan.

O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvand moddalar savdosining oldi olindi

Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasining oldi olindi. Bu DXX ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Xorazm viloyatining Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1983-yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan 5 gramm “opiy” moddasi aniqlangan. Shuningdek, u ijaraga olgan xonadondan 887 gramm “opiy” va 71 gramm “geroin” musodara qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur shaxs ushbu moddalarni qo‘shni davlatdan olib kelib, kelgusida sotishni rejalashtirgan.

 

Farg‘ona viloyatidagi holatda esa 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonidan Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan 2800 dona “Regapen” dori vositasi aniqlangan. Ularning umumiy qiymati 140 million so‘mga baholangan.

 

Toshkent viloyatida qayd etilgan yana bir holatda 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va uning tanishi — 1994-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosi 300 millilitr “Tropikamid” moddasini 300 AQSH dollari va 600 ming so‘mga sotish vaqtida qo‘lga olingan. Ulardan shuningdek “Pregabalin” kapsulalari va “Tropikamid” saqlangan flakonlar ham musodara qilingan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilar kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni mamlakat hududiga turli dori vositalari idishlarida yashirin holda olib kirgan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvand moddalar savdosining oldi olindi | Zamon.uz