O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev inflyatsiyani 6–6,5 foiz darajasida ushlab turish vazifasini belgiladi

Joriy yilning dastlabki ikki oyida sanoat 7,7 foizga, xizmatlar sohasi 15,4 foizga o‘sdi, 3,5 milliard dollarlik eksport amalga oshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev inflyatsiyani 6–6,5 foiz darajasida ushlab turish vazifasini belgiladi

Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bozoridagi beqaror vaziyatning milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki ikki oyida iqtisodiyotda ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatilgan. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi 7,7 foizga, xizmatlar sohasi 15,4 foizga o‘sdi. Shu davrda 3,5 milliard dollarlik eksport amalga oshirildi va 8,3 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

 

Yil boshidan buyon 9 ta viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun respublika byudjetidan qo‘shimcha 2,3 trillion so‘m hamda 500 million dollar mablag‘ ajratildi. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” maqomi berilgan 33 ta tuman va 330 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetlarga 3,9 trillion so‘m yo‘naltirildi.

 

Shuningdek, og‘ir toifadagi 37 ta tuman va 903 ta mahallaga jami 3,9 trillion so‘m, mahalliy byudjetlardan 1,3 trillion so‘m ajratildi. 283 ta “drayver” loyihani amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 1 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani qayd etildi.

 

Yil yakuniga qadar gavjum ko‘chalar, sohilbo‘yi va yo‘lbo‘yi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun 1,2 trillion so‘m, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 150 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash uchun 450 milliard so‘m, 400 ta mahallada 50 ta mikrosanoat markazini tashkil etish uchun esa 150 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar iqtisodiyot barqarorligi, tashqi savdo yo‘laklari va import narxlariga qo‘shimcha bosim keltirayotgani ta’kidlandi. Bunday sharoitda har bir tarmoq va hudud rahbari vaziyatni oldindan baholab, turli ssenariylar asosida proaktiv ishlashi zarurligi qayd etildi.

 

Inflyatsiyani joriy yilda 6–6,5 foiz doirasida saqlab qolish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Xususan, jahon bozorida neft narxining oshishi transport va neft-kimyo mahsulotlari tannarxiga ta’sir ko‘rsatayotgani, polietilen hamda polipropilen narxlarida o‘sish kuzatilayotgani qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi, transport-logistika masalalari va muqobil savdo yo‘laklaridan foydalanish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish topshirildi.

 

Bundan tashqari, tadbirkorlarning xomashyo, bozor va kredit bilan bog‘liq muammolarini tezkor hal etish zarurligi ta’kidlandi. Eksportchilar tomonidan ko‘tarilayotgan asosiy masalalardan biri transport-logistika ekani, global vaziyat ta’sirida yuk tashish jarayonida uzilishlar va xarajatlarning oshishi kuzatilayotgani qayd etildi.

 

Shu bois qo‘shni davlatlar bilan transport va savdo sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini aviatashuv orqali eksport qilish hamda tadbirkorlar uchun arzonlashtirilgan tariflarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasi ham muhokama qilindi. Xalqaro vaziyat ayrim loyihalar amalga oshirilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli har bir loyiha ijrosini muntazam tahlil qilish va investorlar bilan doimiy muloqot olib borish zarurligi qayd etildi.

 

Davlat rahbari joriy iqtisodiy ko‘rsatkichlar ijobiy bo‘lishiga qaramay, mas’ullar xotirjamlikka berilmasligi kerakligini ta’kidladi. Murakkab global vaziyat sharoitida xavf-xatarlarni oldindan baholash, ularni yumshatish bo‘yicha aniq rejalar asosida ishlash hamda muammolarni tezkor hal etish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Mas’ullarga inflyatsiyani jilovlash, sanoat va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, bank tizimi va qurilish sohasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.