O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” ta’limiy loyihasi boshlandi

Tadbirda ilg‘or ekspertlar, amaliyotchi jurnalistlar, muharrirlar, prodyuserlar hamda mutaxassislar spiker sifatida qatnashmoqda.

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” ta’limiy loyihasi boshlandi

Butun O‘zbekistonni qamrab oluvchi “Media haftalik” loyihasi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.

 

 

Orolbo‘yi hududida start olgan ilk haftalik doirasida qatnashchilar zamonaviy media muhitidagi dolzarb masalalar yuzasidan ko‘nikmalarini oshiradi.

 

Mashg‘ulotlar samaradorligini ta’minlash hamda har bir kasbiy yo‘nalishlar kesimida chuqurlashtirilgan va ixtisoslashgan bilimlarni berish maqsadida, o‘quv-seminarlar sessiyalarga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda. 

 

 

Dastur kontent yaratish, matnli va vizual formatlar hamda janrlarning qo‘llanishi, axborot xavfsizligi, strategik kommunikatsiya, media menejment, SMM hamda sun’iy intellektdan foydalanish kabi ko‘plab muhim mavzularni qamrab oladi. 

 

Trening va mahorat darslari davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarni, balki real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Tadbirda ilg‘or ekspertlar, amaliyotchi jurnalistlar, muharrirlar, prodyuserlar hamda mutaxassislar spiker sifatida qatnashmoqda. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.

 

 

“Media haftalik”ning muhim jihati — ishtirokchilarga alohida e’tibor qaratilgani bilan ajralib turadi. Tadbir davomida o‘nlab intervyular, ochiq muloqotlar va fikr almashinuvlar tashkil etilib, ishtirokchilarning o‘zlari media sohasidagi muammolar, kutilayotgan natijalar va erishilgan yutuqlar haqida fikr bildiradi. Bu esa loyiha samaradorligini yanada oshirib, real natijalarni namoyon etishga xizmat qiladi.

 

Haftalik doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus sessiyalar tashkil etilgan:

 

•  bosma va internet nashrlari jurnalistlari, 

 

•  telejurnalistlar va operatorlar, 

 

•  davlat organlari matbuot kotiblari, 

 

•  blogerlar va kontent yaratuvchilar, 

 

•  mobilograflar va SMM mutaxassislari. 

 

Shuningdek, davlat organlarining ochiqligi, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda axborot siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Haftalik yakunida Media forum tashkil etilib, unda tadbir natijalari sarhisob qilinadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” ta’limiy loyihasi boshlandi | Zamon.uz