O'zbekiston

Samarqanddagi kafelardan birida mushtlashuv yuz berdi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Samarqanddagi kafelardan birida mushtlashuv yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi kafelardan birida boyning o‘g‘li ekani aytilgan erkak mast holda boshqa bir shaxsni urib, hushidan ketkazib qo‘ygani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 29 mart kuni soat 7:00 larda Samarqand shahrida joylashgan kafelardan birida fuqaro Z.U. o‘zining tanishi D.R. bilan nonushta qilayotgan vaqtida, o‘sha yerda bo‘lgan fuqaro SH.T. bilan o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

 

Mazkur nizo natijasida SH.T. o‘zining tanishlari T.X. va I.X. bilan birgalikda Z.U. hamda D.R.larni urib, tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.