O'zbekiston

Surxondaryo viloyatida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda aholini kuz-qish mavsumida oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi.

Surxondaryo viloyatida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilandi. Bu haqda Prezidentning 25-martdagi “Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilindi. 

 

Qarorda 2026 - 2027-yillarda respublikada issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, issiqxonalarda energiya tejamkor hamda muqobil energiya manbalariga asoslangan isitish tizimlari ulushini kamida 50 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Atmosfera havosiga zararli tashlamalar chiqarayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini esa bosqichma-bosqich qisqartirish rejalashtirilmoqda.

 

Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

 

Mazkur hududda faoliyat yuritadigan issiqxona xo‘jaliklariga qator imtiyoz va preferensiyalar beriladi. Xususan, yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda, 5 yil davomida ijara to‘lovi nol stavkada qo‘llanadi.

 

Bundan tashqari, issiqxonalarni sug‘orish va texnologik jarayonlar uchun foydalaniladigan oqova hamda yer osti suvlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan 3 yil muddatga ozod etish belgilangan.

 

Shuningdek, anomal sovuq ob-havo sharoitlari davrida ekologik talablarga rioya etilgan holda istisno tariqasida ko‘mir yoqishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryo viloyatida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi | Zamon.uz