Jahon

Tramp Eron elektr stansiyalari va neft quduqlarini vayron qilish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Xarg orolini vayron qilishini taʼkidladi.

Tramp Eron elektr stansiyalari va neft quduqlarini vayron qilish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Erondagi barcha elektr stansiyalari, neft quduqlari va Xarg orolini yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda Tramp Truth Socialdagi bayonotida ma’lum qilgan.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, Vashington Eron bilan "yangi va oqilona rejim bilan jiddiy muzokaralar" olib bormoqda, ammo muzokara tomonlarini aniq ko‘rsatmagan. Tramp shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozining “ish uchun ochiq” bo‘lmasligi holida, Eronning energetika infratuzilmasi va Xarg orolidagi muhim obyektlarini portlatib, transport qatnovini butunlay to‘xtatishga tayyor ekanligini bildirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron neftining taxminan 90 foizi Xarg oroli orqali eksport qilinadi. Axios nashrining xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati orolni egallash yoki dengiz blokadasini joriy etish rejasini ishlab chiqmoqda. Oq uy manbasi ta’kidlashicha, bunday operatsiyani boshlashdan oldin Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron harbiy imkoniyatlarini zaiflashtirish uchun taxminan bir oy kerak bo‘ladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Eron elektr stansiyalari va neft quduqlarini vayron qilish bilan tahdid qildi | Zamon.uz