Jahon

Tramp Kubaga Rossiya neft tankerining kiritilishiga ruxsat berdi

Mazkur tankerdagi neft Kubaning taxminan ikki yarim haftalik yonilg‘i ehtiyojini qoplaydi.

Tramp Kubaga Rossiya neft tankerining kiritilishiga ruxsat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kubaga qo‘yilgan neft blokadasi masalasida pozitsiyasini o‘zgartirib, Rossiya tankerining mamlakatga kirib kelishiga ruxsat berishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Yakshanba kuni Tramp har qanday davlat, jumladan Rossiyaning Kubaga xom neft yetkazib berishiga “hech qanday e’tirozi yo‘qligini” aytdi. Bu bayonot Rossiyaning sanksiyalar ostidagi tankeri Kuba portiga yaqinlashib kelayotgan bir paytda berildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning “soya floti”ga kiruvchi sanksiyalangan kema yakshanba kuni Kuba sharqiy qirg‘oqlari yaqinida bo‘lgan va dushanba kuni portga yetib borishi kutilgan. Ushbu yuk AQSh tomonidan amalda joriy etilgan neft blokadasi sharoitida iqtisodiyoti deyarli izdan chiqqan Kuba uchun muhim yordam hisoblanadi.

 

AQSh 3-yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hokimiyatdan ag‘darilgach, Venesueladan Kubaga neft eksportini to‘xtatgan. Shuningdek, Tramp Kubaga neft yetkazib beruvchi boshqa davlatlarga ham keskin tariflar joriy etish bilan tahdid qilgan. Natijada Kubaning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Meksika ham eksportni to‘xtatgan.

 

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelning ma’lum qilishicha, mamlakat uch oy davomida birorta ham neft tankeri qabul qilmagan. Bu esa 10 million aholiga ega davlatda benzin tanqisligi, qat’iy taqsimot (rationlash) va keng ko‘lamli elektr uzilishlariga olib kelgan. Kuba sog‘liqni saqlash rasmiylari bu inqiroz, ayniqsa bolalar orasidagi saraton bemorlari uchun o‘lim xavfini oshirganini bildirgan.

 

Air Force One bortida jurnalistlarga murojaat qilgan Tramp kubaliklarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini tushunishini aytib, bunday yordam Gavanadagi kommunistik hukumatga foyda keltirishidan xavotirda emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu hukumat baribir tez orada qulaydi.

 

“Kuba tugagan. U yerdagi boshqaruv rejimi yomon, rahbariyat korrupsiyaga botgan. Kubaga bitta tanker neft keladimi-yo‘qmi, bu vaziyatni o‘zgartirmaydi. Men esa neft kiritilishiga ruxsat berishni afzal ko‘raman, chunki odamlar isitish, sovitish va boshqa zarur ehtiyojlar uchun energiyaga muhtoj,” — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

 

Shu bilan birga, u Kuba hukumatiga nisbatan keskin bayonotlarini davom ettirib, Eron bilan bog‘liq vaziyat hal qilingach, AQSh qirg‘oqlaridan atigi 150 km uzoqlikda joylashgan ushbu davlatga ko‘proq e’tibor qaratishini aytdi.

 

Mart oyining boshida AQSh global neft oqimini yaxshilash maqsadida Rossiyaga nisbatan ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatgan edi. Bu choralar AQSh va Isroilning Eron bilan urushi fonida cheklangan ta’minotni tiklashga qaratilgan. Biroq mazkur istisnolar Kuba, Eron, Shimoliy Koreya va Qrim bilan bog‘liq operatsiyalarni aniq taqiqlagan.

 

“Anatoliy Kolodkin” tankeri Rossiyaning Primorsk portidan taxminan 650 ming barrel (ayrim manbalarga ko‘ra 730 ming barrel) xom neft ortib yo‘lga chiqqan.

 

Kuba rasmiy nashri Cubadebate ushbu yetkazib berishni AQSh neft blokadasiga ochiqdan-ochiq qarshilik sifatida baholagan. Xabarlarga ko‘ra, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari sanksiyalangan kemani La-Mansh bo‘g‘ozi orqali Karib dengizi tomon kuzatib borgan.

 

The New York Times nashrining yozishicha, AQSh Sohil qo‘riqlash xizmati kemaning Kubaga yetib borishiga to‘sqinlik qilmagan, biroq bu qarorning sababi ochiqlanmagan. Tankerni kuch bilan to‘xtatish esa hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda Rossiya bilan to‘qnashuv xavfini oshirishi mumkin edi.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, mazkur tanker Kubaning taxminan ikki yarim haftalik neft ehtiyojini qoplaydi, biroq qat’iy taqsimot sharoitida bu muddatni bir oygacha uzaytirish mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Kubaga Rossiya neft tankerining kiritilishiga ruxsat berdi | Zamon.uz