O'zbekiston

Turkiyaning “Ona-do‘li otashi” raqs ansambli poytaxtda o‘z konsert dasturini namoyish etdi

Konsertda O‘zbekiston madaniyat vaziri, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi hamda turk raqs san’ati muxlislari ishtirok etishdi.

Turkiyaning “Ona-do‘li otashi” raqs ansambli poytaxtda o‘z konsert dasturini namoyish etdi

Toshkentdagi O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida turk raqs ansambli “Anadolu Ateshi” (Anadolu olovi)ning jonli konserti bo‘lib o‘tdi. 

 

Konsertda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – Ozodbek Nazarbekov va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ufuk Ulutash, shuningdek, turk raqs san’ati muxlislari ishtirok etishdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, “Ona-do‘li otashi” ansambli — Turkiyaning dunyoga mashhur raqs ansambli bo‘lib, milliy an’analar va zamonaviy sahna san’atini o‘zida mujassam etgan yirik madaniy loyihadir.  Chorak asrdan ko‘proq vaqt davomida dunyo sahnalarini zabt etib kelayotgan ushbu mashhur ansambl butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning mehri va e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

 

Konsert dasturida raqsning qadimiy kelib chiqishi, uning falsafiy chuqurligi va ko‘p qirrali mohiyatini ochib beruvchi jozibali teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

 

 

Jamoa 1999-yilda turk xoreografi Mustafa Erdoğan tomonidan tashkil etilgan. Ansambl tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — Anadolu hududining boy madaniy merosini, xalq raqslari va musiqiy an’analarini zamonaviy sahna talqini orqali butun dunyoga namoyish etish edi. Shu maqsadda Turkiyaning turli mintaqalaridan iqtidorli raqqoslar saralab olingan va yagona jamoa sifatida shakllantirilgan. 100 dan ortiq professional raqqoslar faoliyat yuritadigan “Ona-do‘li otashi” ansambli o‘z chiqishlarida turk xalq raqslari, balet, zamonaviy raqs va teatral elementlarni uyg‘unlashtiradi. Sahna ko‘rinishlari keng qamrovli kompozisiyalar, yorqin liboslar, ta’sirchan musiqa va yuqori darajadagi sinxron harakatlar bilan ajralib turadi.

 

 Ansambl dunyoning ko‘plab davlatlarida gastrol safarlarida bo‘lgan va xalqaro festivallarda ishtirok etgan. Ansambl dasturlari orasida “Fire of Anatolia” hamda “Troy” kabi mashhur sahna asarlari mavjud. Jamoa ayrim tezkor raqs chiqishlari bilan Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.