Jahon

1-apreldan Hindistonga kirish uchun elektron kelish kartasi talab qilinadi

Qog‘oz shaklidagi kelish kartalaridan foydalanish to‘liq bekor qilinadi.

1-apreldan Hindistonga kirish uchun elektron kelish kartasi talab qilinadi

 

Hindistonga sayohat qilishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun kirish tartibida muhim o‘zgarish joriy etildi. 2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatga kirishda qog‘oz shaklidagi kelish kartalaridan foydalanish to‘liq bekor qilinadi.

 

Yangi qoidalarga muvofiq, barcha xorijiy sayohatchilar mamlakatga kelishdan avval elektron kelish kartasini rasmiylashtirishi shart bo‘ladi. Ariza kelishdan kamida 72 soat oldin onlayn tarzda to‘ldirilishi kerak.

 

Mazkur jarayon Su-Swagatam mobil ilovasi yoki Hindistonning rasmiy viza xizmati portali orqali amalga oshiriladi.

 

Avval qog‘oz va elektron shakllar birgalikda qo‘llanilgan o‘tish davri 31-mart kuni yakunlanadi. 1-apreldan boshlab esa mamlakat chegarasidan o‘tish uchun elektron tasdiqlangan kelish kartasi majburiy hisoblanadi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi tizim pasport nazorati jarayonini tezlashtirish, aeroportlarda yuzaga keladigan navbatlarni kamaytirish hamda migratsiya jarayonlarini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

custom img

Rossiyada ayrim huquqbuzarliklar uchun chet elliklarni deportatsiya qilish taklif qilindi

Yangi tashabbusga ko‘ra, ruxsatsiz mitinglarda qatnashgan yoki ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarilib yuborilishi mumkin.

custom img

Qachondir tugataman, lekin hozir emas — Tramp

AQSh prezidenti Eronga qarshi harbiy operatsiyani hozir tugatishga tayyor emasligini bildirdi.

custom img

Yaqin Sharqdagi mojarolar arab davlatlariga 200 mlrd dollargacha zarar yetkazishi mumkin — BMT

Mojaro oqibatida mintaqada 3,6 millionga yaqin ish o‘rni yo‘qolishi va millionlab odamlar qashshoqlikka tushib qolishi mumkin.

custom img

Qirg‘iziston o‘z milliy valyutasini ilk bor mamlakat ichida chop eta boshladi

Avval qirg‘iz banknotalari Buyuk Britaniya va Fransiyadagi kompaniyalar tomonidan chop etilgan.

custom img

Korean Air yonilg‘i narxlari oshgani sabab favqulodda boshqaruv rejimiga o‘tmoqda

Kompaniya ichki xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashni rejalashtirmoqda.

custom img

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilmasa ham Eron bilan urushni yakunlashga tayyor — WSJ

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish harbiy amaliyotni uzaytirishni talab qilishi mumkin.

custom img

Rossiya ham tayyor bo‘lsa Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatadi — Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Rossiyaga qarshi zarbalar faqat javob chorasi sifatida amalga oshirilayotganini bildirdi.

custom img

Ispaniya Eron bilan urushda ishtirok etayotgan AQSH samolyotlari uchun havo hududini yopdi

Ispaniya hukumati bu qarorni urushga qo‘shilmaslik siyosati bilan izohlamoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"