Jahon

Eron xalqining matonati tufayli urush bir oydan buyon davom etmoqda —  Eron elchixonasi

Eron hukumati suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida har qanday agressiyaga javob berish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etishini ma’lum qildi.

Eron xalqining matonati tufayli urush bir oydan buyon davom etmoqda —  Eron elchixonasi

AQSh va Isroil bir oy davomida Eronning 600 ta ta’lim muassasasi, 93 233 ta noharbiy obyektini nishonga olgan. 28-mart holatiga ko‘ra, 281 nafar maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari halok bo‘lgan, yaralangan ayollar soni esa 4000 nafarga yetdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

AQSh va Isroil Erondagi siyosiy rejimni ag‘darish va urushni tez tugatishni reja qilgan edi. Biroq Eron tomonidan qaytarilgan javoblarni AQSh va Isroil hukumatlari kutmagan edi va urush bir oydan oshiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda.

 

“AQSh va Isroil Eron xalqi irodasini buka olamiz, degan aniq-ravshan xato hisob-kitob bilan islomiy Eronga noqonuniy hujum boshlagan edilar. Eron qurolli kuchlarining ogohligi va xalqining matonatli qarshilik ko‘rsatishi tufayli bir oydan buyon o‘zlarining e’lon qilgan maqsadlariga yetolmadilar, balki aksincha ushbu ikki bosqinchi rejimning kuchsizligi, chorasizligi va notavonligi butun jahon ahli ko‘z oldida kundan kunga oshkor bo‘lib bormoqda”, — deyiladi Elchixona bayonotida.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Isroil Eronning 370 ta shifoxona va shoshilinch tibbiy markazlari, shuningdek, 43 ta tez yordam mashinasiga hujum qilgan.

 

Bayonotda yozilishicha, Eron BMT Nizomining 51-moddasiga asosan o‘zini himoya qilmoqda. Elchixona mamlakat suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida bunday agressiyaga javob berish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etishini ma’lum qildi.

 

Eron ushbu oshkora agressiya qarshisida BMT Nizomining 51-moddasida bayon etilgan o‘zini qonuniy himoya qilish huquqidan foydalanmoqda, davlatimiz qurolli kuchlari barcha imkoniyatlarni safarbar etgan holda ushbu agressiyaga javob berib, o‘z xavfsizligi va milliy suverenitetini himoya qiladi.

 

“Yana bir bor xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga mas’ul bo‘lgan davlatlarning rolini eslatgan holda, ushbu davlatlardan BMT Nizomi va xalqaro huquqning fundamental prinsiplariga asosan ushbu agressiya harakatlarini ochiq-oydin qoralashlarini hamda xalqaro huquq-tartibotni saqlash bo‘yicha o‘z rollarini o‘ynashlarini so‘raymiz” deyiladi Elchixona xabarida.

 

Elchixonaga bayonotiga ko‘ra, Eron shu vaqtga qadar AQSh bilan hech qanday muzokara yoki muloqot amalga oshirilmagan.

 

Shohjahon Majid

Zamon.uz muxbiri

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron xalqining matonati tufayli urush bir oydan buyon davom etmoqda —  Eron elchixonasi | Zamon.uz