Jahon

Erondan Turkiyaga yana ballistik raketa uchirildi

Eronning Turkiyadagi elchixonasi esa uchirilgan raketa ortida Tehron turganini rad etdi.

Erondan Turkiyaga yana ballistik raketa uchirildi

Turkiya Mudofaa vazirligi 30-mart kuni Erondan uchirilgan ballistik raketa mamlakat havo hududiga kirishi bilan tutib olinganini ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu Yaqin Sharqda harbiy mojaro boshlanganidan buyon Turkiya tomon yo‘naltirilgan to‘rtinchi raketa hisoblanadi. Avvalgi holatlarda bo‘lgani kabi, barcha snaryadlar zararsizlantirilgani qayd etilgan.

 

Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, Eron tomonidan uchirilgan va Turkiya havo hududiga kirgani aniqlangan ballistik o‘q-dorilar O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida joylashtirilgan NATO havo va raketaga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.

 

NATO vakili Allison Hart ham ushbu ma’lumotni tasdiqlab, alyansning navbatdagi tahdidni bartaraf etganini bildirdi.

 

“30-mart kuni NATO yana Eronning Turkiyaga yo‘l olgan ballistik raketasini muvaffaqiyatli urib tushirdi. Alyans tahdidlarga doim tayyor va barcha ittifoqchilarni himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘radi”, — dedi u.

 

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat harbiy mojaroga tortilishdan qochishini bildirgan edi. Eronning Turkiyadagi elchixonasi esa uchirilgan to‘rtta raketa ortida Tehron turganini rad etib, voqealarni o‘rganish uchun qo‘shma tergov guruhi tuzishni taklif qilgan.

 

Eron ilk bor 4-mart kuni Turkiya tomon raketa uchirgani, u Iroq va Suriya havo hududi orqali mamlakatga kirgani xabar qilingandi. O‘shanda ham NATO tizimi raketani urib tushirgan.

 

9-mart kuni ikkinchi raketa Turkiya havo hududiga kirgan paytda yo‘q qilingan, uning parchalari Gaziantep shahri yaqiniga tushgan, qurbonlar qayd etilmagan.

 

13-mart kuni uchinchi bor uchirilgan ballistik raketa ham NATO havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan.

 

Turkiya rasmiylari mamlakat “yaxshi qo‘shnichilik” tamoyillariga amal qilishini va mintaqadagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, shu bilan birga hududiga qaratilgan har qanday tahdidga nisbatan zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Erondan Turkiyaga yana ballistik raketa uchirildi | Zamon.uz