O'zbekiston

Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari masofaviy ishlashga o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda havo sifati keskin yomonlashganda amal qilinadigan harakatlar tartibi ishlab chiqiladi.

Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari masofaviy ishlashga o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda havo sifati keskin yomonlashganda amal qilinadigan harakatlar tartibi (algoritmi) ishlab chiqiladi. Tartib Prezident farmonida belgilangan me’yorlarga muvofiq, 1 oy ichida ishlab chiqilishi lozim.

 

Bu tartib, jumladan aholini tezkor ogohlantirish, zaif guruhlarni uyda qolishga chaqirish, ommaviy tadbirlarni cheklash, ta’lim muassasalarida ochiq havodagi mashg‘ulotlarni vaqtincha bekor qilish hamda davlat tashkilotlarida ish rejimini o‘zgartirish yoki masofaviy shaklga o‘tkazish choralarini o‘z ichiga oladi.

 

Belgilangan asosiy choralar:

 

— Tezkor ogohlantirish: Havo sifati xavfli darajaga yetganda aholi SMS-xabarlar, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali xabardor qilinadi; rasmiy xavf darajalari bo‘yicha ma’lumot beriladi;

 

— Aholini himoya qilish: Bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor shaxslar uchun uyda qolish tavsiya qilinadi; ochiq havodagi mashg‘ulotlar vaqtincha bekor qilinadi; ommaviy tadbirlar cheklanishi mumkin; davlat tashkilotlarida ish rejimi o‘zgartiriladi yoki masofaviy ish shakliga o‘tkaziladi;

 

— Sanoat va transport sohalarida choralar: Ifloslanish manbalariga operativ nazorat o‘rnatiladi; energetika korxonalarida mazut yoqish cheklanadi (ekstremal harorat holatlaridan tashqari); sanoat korxonalarida tashlanmalar vaqtincha kamaytiriladi yoki to‘xtatiladi; qurilish ishlari va transport harakati cheklanadi; changni bostirish uchun favvoralar, daraxtlar va yo‘l chetlariga suv sepish ishlari amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 30-dekabrgacha havo sifati yomonlashishi bilan bog‘liq holatlarni huquqiy tartibga solish, oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritilishi lozim.

 

Ifloslanish yuqori bo‘lgan hududlarda tashlamalarni cheklash tizimi joriy etiladi: hududlarning antropogen yuklama me’yorlari aniqlanadi, ruxsat etilgan tashlamalar hajmi belgilab chiqiladi, umumiy kvota bosqichma-bosqich kamaytiriladi, tashlamalar kadastri yuritiladi.

 

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2026-yil 1 dekabrga qadar kiritilishi lozim.

 

Aholi salomatligi monitoringi:

 

— Havo ifloslanishining odam organizmiga ta’siri ilmiy jihatdan o‘rganiladi (nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, allergik kasalliklar).

 

— Yuqori xavfli guruhlar (bolalar, qariyalar, homilador ayollar) uchun maxsus tavsiyalar ishlab chiqiladi.

 

— Havo ifloslanishiga nisbatan salomatlik tahdidini baholaydigan xavf indikatorlari yaratiladi va sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiya qilinadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari masofaviy ishlashga o‘tkazilishi mumkin | Zamon.uz