Jahon

Ispaniya Eron bilan urushda ishtirok etayotgan AQSH samolyotlari uchun havo hududini yopdi

Ispaniya hukumati bu qarorni urushga qo‘shilmaslik siyosati bilan izohlamoqda.

Ispaniya Eron bilan urushda ishtirok etayotgan AQSH samolyotlari uchun havo hududini yopdi

Ispaniya AQSHning Eronga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Margarita Robles ma’lum qildi.

 

Roblesning ta’kidlashicha, ushbu qaror avval AQSHga qo‘shma foydalanishga mo‘ljallangan harbiy bazalardan foydalanishga ruxsat berilmagani ortidan qabul qilingan bo‘lib, undan keyingi yana bir choradir.

 

“Biz Eron bilan urushga aloqador harakatlar uchun  harbiy bazalardan ham havo hududidan foydalanishga ruxsat bermaymiz”, — dedi Robles Madridda jurnalistlarga.

 

Ispaniyaning El Pais nashri ushbu xabarni harbiy manbalarga tayanib birinchi bo‘lib e’lon qilgan.

 

Nashrga ko‘ra, havo hududining yopilishi NATO a’zosi bo‘lgan Ispaniya orqali Yaqin Sharqdagi nishonlarga yo‘l olgan harbiy samolyotlarni mamlakat hududini chetlab o‘tishga majbur qiladi. Biroq bu cheklov favqulodda vaziyatlarga tatbiq etilmaydi.

 

Ispaniya iqtisodiyot vaziri ushbu qaror hukumatning avval qabul qilgan siyosatining davomi ekanini bildirdi.

 

“Bu qaror bir tomonlama va xalqaro huquqqa zid tarzda boshlangan urushda ishtirok etmaslik hamda unga hissa qo‘shmaslik haqidagi qarorimizning bir qismidir”, — dedi u.

 

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlarini keskin tanqid qilib, harbiy harakatlarni noqonuniy deb atagan.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp esa Ispaniya tomonidan urushda o‘z harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat berilmagani sababli Madrid bilan savdo aloqalarini to‘xtatish bilan tahdid qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.