Jahon

Korean Air yonilg‘i narxlari oshgani sabab favqulodda boshqaruv rejimiga o‘tmoqda

Kompaniya ichki xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Korean Air yonilg‘i narxlari oshgani sabab favqulodda boshqaruv rejimiga o‘tmoqda

Korean Air uchish yoqilg‘isi narxlarining keskin oshishi va global iqtisodiy tebranishlar sharoitida moliyaviy barqarorlikni saqlash maqsadida favqulodda boshqaruv rejimiga o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bu qaror AQSh-Isroil va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan urushning global iqtisodiyotga ta’siri fonida qabul qilindi.

 

Milliy aviakompaniya vakili seshanba kuni bildirishicha, kompaniya ichki xarajatlarni kamaytirish choralarini joriy qiladi va bu orqali yonilg‘i narxlari oshishi va global iqtisodiy tebranishlar sharoitida barqarorlikni ta’minlashni rejalashtirmoqda.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 28-fevraldan boshlab neft narxi 50 foizdan ortiq oshgan, aviatsiya yonilg‘isi narxi esa ikki baravar ko‘tarilgan. Bu vaziyat aviakompaniyalarni o‘z bizneslarini himoya qilish uchun favqulodda choralar joriy etishga majbur qilmoqda.

 

PwC Singapur konsalting kompaniyasi vakili Tan Chi Siangning aytishicha, aviakompaniyalar COVID-19 pandemiyasi kabi inqirozlarda shunga o‘xshash favqulodda choralarni qo‘llagan. Ayniqsa Osiyo aviakompaniyalari global neft narxlarining oshishi va mintaqaviy aviatsiya yonilg‘isi yetishmovchiligi tufayli har tomonlama zarar ko‘rmoqda va shu sababli choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.

 

Korean Air ushbu choralar orqali nafaqat moliyaviy barqarorlikni saqlash, balki yoqilg‘i narxlari va global iqtisodiy beqarorlikning salbiy ta’sirini yumshatishni maqsad qilgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Korean Air yonilg‘i narxlari oshgani sabab favqulodda boshqaruv rejimiga o‘tmoqda | Zamon.uz