O'zbekiston

O‘zbekiston bo‘ylab belgilangan hududlar 98 tonnaga yaqin chiqindidan tozalandi

Shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Qizil tog‘” dam olish hududidagi jami 1 tonna 754 kg chiqindi bartaraf etildi.

O‘zbekiston bo‘ylab belgilangan hududlar 98 tonnaga yaqin chiqindidan tozalandi

“Xalqaro chiqindilarsiz kun” (“World Zero-Waste day”) munosabati bilan 30-mart kuni Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Qizil tog‘” hududida ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi. 

 

 

Mazkur tadbir Yoshlar ishlari agentligi hamda “Coca Cola Uzbekistan” kompaniyasi hamda  bilan hamkorlikda keng qamrovda o‘tkazildi.

 

Eko aksiya bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda ham boshlanib, qizg‘in davom etdi. Jarayonlarda qo‘mita hamda agentlikning tizim tashkilotlari xodimlari, soha mas’ullari, maktab o‘quvchilari, yoshlar, OAV vakillari va keng jamoatchilikdan iborat 500 nafarga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi.

 

 

Tadbirda nutq so‘zlagan Agentlik direktori Sharifbek Hasanov jamoatchilik e’tiborini atrof-muhitni chiqindilardan tozalashga qaratish va buni targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

 

“Chiqindi bilan ifloslanish bugungi kunda butun dunyoda dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Ma’lumotlarga kelib, 2050-yilga kelib 308 mlrd tonnagacha chiqindi hosil bo‘lishi taxmin qilinmoqda, shuning uchun atrof-muhitni chiqindilardan tozalash, ularni qayta ishlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bugungi aksiyadan ham maqsad belgilangan hududni tozalash bilan birga jamoatchilik e’tiborini belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik va ularni tozalashga qaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni ozoda saqlashni targ‘ib qilishdir”, — dedi u.

 

 

Shuningdek, hamkor tashkilotlar mutasaddilari tomonidan har gal plogging uchun aynan aholi gavjum hudud tanlanishi samarali yechim ekanligi qayd etildi. Negaki ushbu hududlarda bir nechta chiqindi qutilari mavjudligiga qaramay, lekin insonlar turli plastik idishlar, qog‘ozlar va boshqa turdagi chiqindilarni duch kelgan joyga tashlab ketishadi. 

 

Mazkur aksiya orqali jamoatchilikka tabiat qo‘ynida dam olganda chiqindixonaga aylantirmaslik, atrof-muhitni ozoda saqlash kerakligini yana bir bor uqtirishga harakat qilinishi hudud aholisi hamda mehmonlarini chiqindi tashlash borasida yanada mas’uliyatliroq bo‘lishga undashi bilan ahamiyatli ekanligi aytib o‘tildi.

 

 

Aksiya davomida “Qizil tog‘” hududi jami 1 tonna 754 kg chiqindidan tozalandi. Yakunda “Toza hudud” jamoasi 1-o‘rinni (195 kg), “Maxsus poligon” jamoasi 2-o‘rinni (130 kg) va “Billing” jamoasi esa 3-o‘rinni (106 kg) egalladi. Eng ko‘p chiqindi to‘plagan jamoalar taqdirlanib, faol qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

 

Ma’lumot uchun, aksiya davomida respublika bo‘yicha jami 2 ming nafardan ortiq ishtirokchi tomonidan 20 ga yaqin hudud 97 tonna 900 kg chiqindidan tozalanib, 40 ta maxsus texnika yordamida tegishli tartibda bartaraf etildi.

 

Eslatib otamiz: Agentlik tomonidan har yili “World clean up day” (“Butunjahon tozalik kuni”), “Mahallani chiqindidan holi hududga aylantiramiz”, “Dolzarb tozalik kunlari”, “Tozalik va ozodalik” oyligi kabi qator ekohashar va aksiyalar o‘tkaziladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.