O'zbekiston

O'zbekistonda Ekologik komissiyaning vakolatlari butun respublika miqyosida kengaytirildi

Komissiyaning nomi “Respublika maxsus komissiyasi” deb o‘zgartirilib, faoliyati 2027-yil 1-martga qadar uzaytirildi.

O'zbekistonda Ekologik komissiyaning vakolatlari butun respublika miqyosida kengaytirildi

 

So‘nggi paytlarda havo tozaligi, chang-to‘zonlar va ekologik muammolar jamiyatning eng dolzarb mavzulariga aylangan. Toshkent shahrida boshlangan ekologik tashabbuslar endi faqat poytaxt bilan cheklanmay, butun O‘zbekiston bo‘ylab tizimli va strategik bosqichga ko‘tarilmoqda.

 

Yangi Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan maxsus komissiya faoliyati 2027-yil 1-martga qadar uzaytirildi.

 

Muhim o‘zgarishlardan biri komissiyaning maqomida bo'lib, endilikda u «Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi» deb ataladi.

 

Bu shuni anglatadiki, havoni tozalash, sanoat filtrlari o‘rnatish va yashillikni ko‘paytirish kabi ekologik vazifalar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi. Butun mamlakatdagi ekologik vaziyat Respublika komissiyasining qat’iy nazorati va boshqaruvi ostida bo‘ladi.

 

Davlat ekologik inqirozlarga vaqtinchalik yoki lokal yechim emas, balki tizimli, uzoq muddatli va butun respublika miqyosida strategik yechim izlamoqda. Shu tariqa, kelgusi yillarda butun yurt bo‘ylab toza havo va sog‘lom muhit yaratish yo‘lida muhim va amaliy o‘zgarishlar kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O'zbekistonda Ekologik komissiyaning vakolatlari butun respublika miqyosida kengaytirildi | Zamon.uz