Jahon

Qachondir tugataman, lekin hozir emas — Tramp

AQSh prezidenti Eronga qarshi harbiy operatsiyani hozir tugatishga tayyor emasligini bildirdi.

Qachondir tugataman, lekin hozir emas — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp CBS News telekanaliga bergan intervyusida Eronga qarshi Amerika harbiy operatsiyasining hozirgi bosqichini tugatishga va Hormuz bo‘g‘ozida normal yuk tashish sharoitlarini tiklashga tayyor emasligini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon “qachondir amalga oshiriladi, lekin hozir emas”. Prezident CBS telekanaliga bergan intervyusida boshqa davlatlar ham vaziyatni hal qilishda faol rol o‘ynashi kerakligini ta’kidlagan.

 

Avvalroq The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp yordamchilariga Hormuz bo‘g‘ozi asosan kemalar uchun yopiq bo‘lib qolsa ham, Eronga qarshi kampaniyani to‘xtatishini aytgan.

 

“Qachondir men buni qilaman, lekin hozir emas. Boshqa davlatlar ham ro‘l o‘ynashi va o‘z ishlarini bajarishi kerak. Eron vayron bo‘lgan, ammo mamlakatlar oldinga chiqib ishlarini bajarishlari zarur”, dedi Tramp. Shuningdek, u Hormuz bo‘g‘ozida jiddiy tahdidlar mavjud emasligini, vaziyatni nazorat ostida saqlash mumkinligini qayd etdi.

 

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Trampning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Eronning dengiz va raketa kuchlarini cheklash, amaldagi harbiy operatsiyalarni nazorat qilish hamda Tehronga diplomatik bosim o‘tkazish orqali erkin savdoni tiklash kabi asosiy maqsadlariga erishishi lozim. Agar bu choralardan samara olinmasa, Vashington Yevropa va Fors ko‘rfazi ittifoqchilaridan Hormuz bo‘g‘ozini ochish tashabbusini olishini talab qiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.