Jahon

Qirg‘iziston o‘z milliy valyutasini ilk bor mamlakat ichida chop eta boshladi

Avval qirg‘iz banknotalari Buyuk Britaniya va Fransiyadagi kompaniyalar tomonidan chop etilgan.

Qirg‘iziston o‘z milliy valyutasini ilk bor mamlakat ichida chop eta boshladi

 

Sadir Japarov Bishkekda yangi bosmaxona ishga tushirilganini e’lon qildi. Shu tariqa Qirg'iziston o‘z tarixida birinchi marta milliy valyutasi — so‘mni mamlakat hududida mustaqil ravishda chop eta boshladi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, avval banknotalar ishlab chiqarish jarayoni chet eldagi ixtisoslashgan kompaniyalarga topshirilgan. Xususan, qirg‘iz so‘mi uzoq yillar davomida Britaniyaning De La Rue hamda Fransiyaning Oberthur Fiduciaire kabi xalqaro kompaniyalar tomonidan chop etilgan. Bu esa davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanishiga sabab bo‘lgan.

 

Prezidentning ma’lum qilishicha, yangi bosmaxona banknotalar ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan barcha sifat va xavfsizlik talablari bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan. Shu sababli mamlakat endilikda nafaqat o‘z milliy valyutasini ishlab chiqaradi, balki boshqa davlatlardan ham buyurtmalar qabul qilish imkoniyatiga ega.

 

Shuningdek, Qirg‘izistonda davlat hujjatlarini tayyorlash tizimi ham rivojlangan. Jumladan, umumfuqarolik pasportlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, haydovchilik guvohnomalari hamda transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ishlab chiqarish jarayoni ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Sadir Japarovning ta’kidlashicha, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori darajadagi himoya elementlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular xalqaro standartlarga mos keladi va qalbakilashtirishni deyarli. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarish tufayli xarajatlar kamayishi ham kutilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qirg‘iziston o‘z milliy valyutasini ilk bor mamlakat ichida chop eta boshladi | Zamon.uz