Jahon

Rossiya ham tayyor bo‘lsa Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatadi — Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Rossiyaga qarshi zarbalar faqat javob chorasi sifatida amalga oshirilayotganini bildirdi.

Rossiya ham tayyor bo‘lsa Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatadi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat har qanday muddatda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Zelenskiy bu haqda o‘zining Telegram-kanalida yozib, Rossiya bilan ehtimoliy sulh masalasiga to‘xtaldi.

 

Uning ta’kidlashicha, Ukraina Rossiyaga qarshi zarbalarni tashabbus sifatida emas, balki javob chorasi sifatida amalga oshirmoqda. Zelenskiy, shuningdek, global energetika inqirozi fonida ayrim hamkor davlatlardan Rossiyaning neft va energetika sektoriga qarshi hujumlarni kamaytirish bo‘yicha signallar olinganini qayd etdi.

 

“Yana bir bor ta’kidlayman: agar Rossiya Ukraina energetikasiga zarba bermaslikka tayyor bo‘lsa, biz ularning energetikasiga javob qaytarmaymiz”, — dedi u.

 

Zelenskiyga ko‘ra, Ukraina to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, energetik sulh hamda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha kelishuv variantlarini ilgari surgan va ularni muhokama qilishga tayyor.

 

“Biz har qanday o‘t ochishni to‘xtatish variantini muhokama qilishga tayyormiz. To‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, energetik sulh va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha sulh — bularning barchasini taklif qilganmiz va bunga ochiqmiz. Agar rossiyaliklar tayyor bo‘lsa, istalgan muddatga taklif qilinsin, bu masalani hal etishga sobitmiz”, — deya yozdi u.

 

Shuningdek, u Ukraina suvereniteti va qadr-qimmati masalasida murosa qilmasligini ta’kidladi.

 

custom img

Ispaniya Eron bilan urushda ishtirok etayotgan AQSH samolyotlari uchun havo hududini yopdi

Ispaniya hukumati bu qarorni urushga qo‘shilmaslik siyosati bilan izohlamoqda.

custom img

AQSh o‘zining minglab desantchilarini Yaqin Sharqqa joylashtirmoqda

Harbiylar Eronning neft eksporti uchun muhim bo‘lgan Xarg orolini egallash uchun safarbar qilinishi mumkin.

custom img

Eron xalqining matonati tufayli urush bir oydan buyon davom etmoqda —  Eron elchixonasi

Eron hukumati suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida har qanday agressiyaga javob berish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etishini ma’lum qildi.

custom img

Erondan Turkiyaga yana ballistik raketa uchirildi

Eronning Turkiyadagi elchixonasi esa uchirilgan raketa ortida Tehron turganini rad etdi.

custom img

Isroil hibsdagi falastinliklarga o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi

Mazkur qonun Yevropa davlatlari va inson huquqlari tashkilotlarining keskin tanqidiga uchradi.

custom img

AQSh Eronga qarshi urush xarajatlarini arab davlatlariga to‘latmoqchi

Donald Tramp mazkur masala yuzasidan alohida bayonot beradi.

custom img

Eronda AQSh va Isroil zarbalari oqibatida 105 mingdan ortiq fuqarolik obyektlariga zarar yetdi

Tehron shahrida esa 39 508 ta turar joy va tijorat binolariga shikast yetgan.

custom img

Tramp Eron elektr stansiyalari va neft quduqlarini vayron qilish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Xarg orolini vayron qilishini taʼkidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"