Jahon

Rossiyada ayrim huquqbuzarliklar uchun chet elliklarni deportatsiya qilish taklif qilindi

Yangi tashabbusga ko‘ra, ruxsatsiz mitinglarda qatnashgan yoki ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarilib yuborilishi mumkin.

Rossiyada ayrim huquqbuzarliklar uchun chet elliklarni deportatsiya qilish taklif qilindi

 

Rossiyada ayrim huquqbuzarliklarni sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Davlat Dumasiga taqdim etildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Unga muvofiq, agar huquqbuzarlik chet el fuqarosi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, ma’muriy jarimalar bilan bir qatorda Rossiya hududidan ma’muriy deportatsiya chorasi qo‘llanishi mumkin.

 

Taklif etilayotgan normalarga binoan, ruxsatsiz mitinglarda qatnashish, Rossiya Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantirish, Rossiya va uning fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirish hamda mamlakat hududiy yaxlitligiga qarshi chiqish kabi harakatlar uchun chet el fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish mumkin bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, favqulodda holat, aksilterror operatsiyasi yoki harbiy holat talablarini buzish, ruxsat etilmagan joylarda otishma qilish, transport harakatiga to‘sqinlik qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar talablariga bo‘ysunmaslik va mayda bezorilik kabi huquqbuzarliklar ham ma’muriy deportatsiya uchun asos bo‘lishi mumkin.

 

Qonun loyihasida ekstremizm va buzg‘unchi axborot bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ham qat’iy choralar nazarda tutilgan. Xususan, diniy ramzlarni tahqirlash, nafrat va adovat qo‘zg‘atish, ekstremistik yoki natsistik ramzlarni targ‘ib qilish, ekstremistik materiallarni ishlab chiqarish va tarqatish, shuningdek terrorizmga chaqiriqlarni tarqatish kabi holatlar uchun ham chet elliklarni deportatsiya qilish taklif etilmoqda.

 

Shu bilan birga, ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalarni oshirish ham ko‘zda tutilgan. Bu choralar Rossiya chegarasini kesib o‘tish qoidalarini buzish, mamlakatga kirish va unda bo‘lish tartibiga rioya qilmaslik, chet el fuqarolarining noqonuniy ishlashi hamda migrantlarni noqonuniy yollash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada ayrim huquqbuzarliklar uchun chet elliklarni deportatsiya qilish taklif qilindi | Zamon.uz