O'zbekiston

Surxondaryoda pensionerlardan iborat narkojinoiy guruh fosh etildi

Afg‘oniston fuqarosi ta’minotchi sifatida bir guruh keksalar bilan o‘zaro til biriktirib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.

Surxondaryoda pensionerlardan iborat narkojinoiy guruh fosh etildi

Surxondaryo viloyatida uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarosi ta’minotchi sifatida bir guruh Surxondaryolik bo‘lgan keksa yoshli fuqarolar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Termiz shahri va tumani hududlarida narkokurerlik qilib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. 

 

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchilardan biri to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Tadbir davomida ushbu moddalarni yetkazib bergan yana bir shaxs ham aniqlanib, undan maxsus tadbir uchun berilgan pul mablag‘lari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi. Davom ettirilgan tekshiruvlar natijasida guruhning yana bir a’zosi ushlandi. Uning yonidan 5 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi.

 

Keyingi bosqichda esa ushbu jinoiy zanjirning asosiy bo‘g‘ini fosh etildi. Uning yashash xonadonidan jami 12 dona qadoqlangan 12,42 gramm opiy moddalari aniqlandi. Xonadonda giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish vositalari ham borligi ma’lum bo‘ldi. 

 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar o‘z ayblarini yashirishga uringan holda sheriklarini ham fosh qilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan barcha gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.