O'zbekiston

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Markaz hududida konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadigan maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi. 

 

Farmonga muvofiq, Toshkent xalqaro moliya markazi hamda uning tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi.

 

Hujjatga ko‘ra, markaz hududida moliyaviy, investitsiya va bank faoliyati, sug‘urta, raqamli (kripto) aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov tizimlari va xizmatlari, islomiy va yashil moliya, moliyaviy texnologiyalar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish va tranzaksiyalarni amalga oshirish, auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

 

Farmonga asosan, markaz hududida konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadigan maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. 

 

Shu bilan birga, markaz boshqaruv organlariga fuqarolik, korporativ, tijorat, moliya, bank, soliq, davlat xaridlari, mehnat huquqi hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolati beriladi.

 

Shuningdek, markaz hududida Angliya va Uelsning umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llaniladi.

 

Toshkent xalqaro tijorat sudi esa birinchi instansiya va apellyatsiya bosqichlaridan iborat bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.