O'zbekiston

Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi

2027-yil 1-oktyabrgacha namlik past bo‘lgan hududlarga sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun kerakli asbob-uskunalar o‘rnatiladi.

Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi

Toshkent shahri havosini yaxshilash maqsadida, poytaxt va Toshkent viloyatida sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi. Bu haqda Prezidenting havo sifatini yaxshilashga oid farmonida belgilandi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish va sun’iy shamol texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilish choralari ko‘riladi. Buning uchun ijobiy sinovdan o‘tgan xorijiy tajriba o‘rganib chiqiladi.

 

Farmonga muvofiq, Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy ta’lim vazirligiga shunday topshiriq berildi. 

 

Unga ko‘ra, 2027-yil 1-oktyabrga qadar poytaxtning atmosfera havosini yaxshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past bo‘lgan hududga sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun kerakli asbob-uskunalar o‘rnatiladi.

 

Mazkur choralar uchun mablag‘ Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladi.

 

Sun’iy yomg‘ir texnologiyasini joriy etish avvalroq 2026 yilgi davlat dasturiga ham kiritilgan edi. 

 

Dasturda 2026-yil 1-martdan boshlab amaliy pilot loyihani ishlab chiqish, pilot tajribalar doirasida kamida 3–5 ta amaliy sinov o‘tkazish, bu orqali yog‘ingarchilik o‘zgarishi tabiiy fonga nisbatan 10–20 foizga o‘sishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi | Zamon.uz