O'zbekiston

Toshkentdagi Botanika bog‘ida 1-apreldan velosiped va samokatlar harakati to‘xtatiladi

Bog‘ ma’muriyati bunga tashrif buyuruvchilarning yiqilishi va jarohat olishi bilan bog‘liq holatlar ko‘payganini sabab qilib ko‘rsatdi.

Toshkentdagi Botanika bog‘ida 1-apreldan velosiped va samokatlar harakati to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanishni taqiqlash qarorini e’lon qildi.

 

Bog‘ ma’muriyati xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish paytida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan. 

 

Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilardan ham ushbu masala bo‘yicha ko‘p murojaat va takliflar kelib tushgani qayd etilgan.

 

Shu sababli, Ilmiy kengashning qarori va tashrif buyuruvchilarning ko‘p murojaatlari asosida 2026-yil 1-apreldan boshlab Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlarda harakatlanish to‘xtatiladi.

 

Ma’muriyat ta’kidlashicha, ushbu chora bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish, tabiat go‘zalligidan xotirjam bahra olish imkonini saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Bog‘ rahbariyati tashrif buyuruvchilardan ushbu tartibga rioya qilish va o‘zlarining hamda atrofdagilarning xavfsizligiga e’tibor berishni so‘radi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.