Jahon

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilmasa ham Eron bilan urushni yakunlashga tayyor — WSJ

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish harbiy amaliyotni uzaytirishni talab qilishi mumkin.

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilmasa ham Eron bilan urushni yakunlashga tayyor — WSJ

Tramp yordamchilariga agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilmasa ham AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlarni yakunlashga tayyorligini aytgan. Bu haqda The Wall Street Journal prezident ma’muriyati vakillariga tayanib, xabar bermoqda.

 

Manbalarning aytishicha, so‘nggi kunlarda Tramp va uning maslahatchilari Ho‘muz bo‘g‘ozini ochish operatsiyasi to‘rt-olti haftalik muddatdan oshib ketishi munkin, degan xulosaga kelgan. Xabar qilinishicha, prezident AQShning asosiy maqsadlari amalga oshirilishini, ya’ni  Eron flotini zaiflashtirish va raketa dasturini yo‘q qilishni xohlamoqda.

 

Nashr Tramp amaldagi harbiy harakatlarni bosqichma-bosqich to‘xtatishni, bir vaqtning o‘zida esa Tehronga diplomatik bosim o‘tkazib, erkin savdoni tiklashga erishishni rejalashtirayotganini yozgan. 

 

Manbalar bu reja amalga oshmasa, Vashington Yevropa va Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorlaridan bo‘g‘ozni ochishda yetakchi rolni o‘z zimmalariga olishni talab qilishini bildirgan.

 

“Tramp va uning jamoasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi AQShga qaraganda Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari uchun ancha muhimroq, deb hisoblaydi. So‘nggi bir necha hafta davomida Vashingtondagi ma’muriyat vakillari hamkor va ittifoqchilarga bo‘g‘ozni ochish bo‘yicha muzokaralarga yoki operatsiyalarga tayyor turishni so‘rab murojaat qilgan”, deyiladi xabarda.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"