Jahon

Yaqin Sharqdagi mojarolar arab davlatlariga 200 mlrd dollargacha zarar yetkazishi mumkin — BMT

Mojaro oqibatida mintaqada 3,6 millionga yaqin ish o‘rni yo‘qolishi va millionlab odamlar qashshoqlikka tushib qolishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi mojarolar arab davlatlariga 200 mlrd dollargacha zarar yetkazishi mumkin — BMT

 

BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskinlik arab davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti mojarolar sabab 120 milliard dollardan 194 milliard dollargacha yo‘qotishlarga duch kelishi ehtimoli mavjud.

 

Bloomberg xabariga ko‘ra, BMT Taraqqiyot Dasturi tadqiqotida AQSH va Isroilning Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlari mintaqa iqtisodiy o‘sishiga qariyb 200 milliard dollargacha zarba berishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Hisobot mualliflari mojarolar qisqa muddat davom etsa ham, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari keng ko‘lamli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Tahlillarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi keskinlik arab davlatlari iqtisodiyotida o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin.

 

Mutaxassislarning baholashicha, mojaro oqibatida mintaqada ishsizlik darajasi qariyb 4 foizga oshishi mumkin. Bu esa taxminan 3,6 million ish o‘rni qisqarishiga va 4 millionga yaqin aholining qashshoqlikka tushib qolishiga olib kelishi ehtimoli bor.

 

Tadqiqotda eng katta iqtisodiy yo‘qotishlar Fors ko'rfazi davlatlari hamda Levant (Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Oman,Livan) hududida kuzatilishi mumkinligi qayd etilgan. Ushbu hududlarda yalpi ichki mahsulot hajmi 5 foizdan ortiq qisqarishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

 

Bundan tashqari, mintaqadagi keskinlik global energiya bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishdagi xavf va cheklovlar energiya resurslari, oziq-ovqat hamda o‘g‘it narxlarining oshishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.