Jahon

Afg‘onistonda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo'ldi

Tabiiy ofatlar sabab 476 ta uy shikastlangan, 290 gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari zarar ko‘rgan.

Afg‘onistonda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo'ldi

 

Afg‘oniston hududida davom etayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida kamida 42 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohat oldi. Bu haqda Ariana News telekanali mamlakatning tabiiy ofatlarni boshqarish idoralariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 25-martdan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida tabiiy ofatlar yuzaga kelib, aholi yashash hududlari va infratuzilmalarga jiddiy zarar yetkazgan.

 

Afg‘oniston Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofatlar natijasida kamida 476 ta turar-joy binosi shikastlangan, shuningdek, qariyb 290 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari yuvilib ketgan. Ofatlar oqibatida jami 1140 ta oila zarar ko‘rgan.

 

Rasmiylarning ta’kidlashicha, qurbonlarning aksariyati mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida, jumladan Parvon, Maydan Vardak, Daykundi viloyatlarida qayd etilgan. Ayrim hududlarga kirish imkoniyati cheklanganligi sababli qutqaruv ishlari murakkablashmoqda.

 

Mutasaddi idoralar yaqin kunlarda yog‘ingarchilik yana davom etishi mumkinligini bildirib, suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfi saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi.

 

Shu bilan birga, qo‘shni Pokistonning Xayber Pahtunxva viloyatida ham kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, 56 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.