Jahon

AQSh Grenlandiyadagi harbiy bazalarga kirish bo‘yicha Daniya bilan muzokara olib bormoqda

Hozirda Grenlandiya hududida bitta AQSh harbiy bazasi faoliyat yuritmoqda.

AQSh Grenlandiyadagi harbiy bazalarga kirish bo‘yicha Daniya bilan muzokara olib bormoqda

 

Pentagon Denmark bilan Grenlandiya hududida joylashgan uchta harbiy bazaga kirish huquqi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu masala AQSh Shimoliy qo‘mondonligi rahbari Gregory M. Guillot tomonidan AQSh Kongressida o‘tkazilgan eshituvlar chog‘ida tilga olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari Grenlandiya hududidagi turli harbiy obyektlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirishdan manfaatdor.

 

Xususan, muzokaralar Grenlandiyaning janubida joylashgan Narsarsuaq hamda orolning janubi-g‘arbiy qismidagi Kangerlussuaq hududlarini ham qamrab oladi. Ushbu obyektlardan AQSh harbiylari ilgari foydalangan bo‘lib, amerikaliklar 1950-yillarda Narsarsuaqdan, 1990-yillarda esa Kangerlussuaqdan chiqib ketgan.

 

Nashrning yozishicha, ushbu bazalardagi harbiy infratuzilmaning katta qismi demontaj qilingan bo‘lsa-da, mazkur hududlarda kichik aeroportlar faoliyatini davom ettirmoqda. Hozircha Grenlandiyada joylashtirilishi mumkin bo‘lgan AQSh harbiy xizmatchilari soni haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

Muzokaralar 1951-yildagi AQSH va Daniya o'rtasidagi kelishuvlarga asoslanmoqda. Ayni paytda Grenlandiya hududida bitta AQSh harbiy bazasi faoliyat yuritmoqda.

 

Avvalroq Donald Tramp Grenlandiya AQSh milliy xavfsizligi nuqtayi nazaridan muhim hudud ekanini ta’kidlab, orol Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shilishi kerakligi haqida bir necha bor fikr bildirgan edi. U ushbu masalani Mark Rutte bilan ham muhokama qilgani ma’lum qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Grenlandiyadagi harbiy bazalarga kirish bo‘yicha Daniya bilan muzokara olib bormoqda | Zamon.uz