Jahon

Eron bilan urush ikki yoki uch haftada tugashi mumkin — Tramp

Donald Tramp Fransiya va Buyuk Britaniyani AQShga yordam bermagani uchun tanqid qildi.

Eron bilan urush ikki yoki uch haftada tugashi mumkin — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakati Eron hududiga zarbalarni yaqin ikki-uch hafta ichida to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Trampga ko‘ra, energiya ta’minotiga ta’sir ko‘rsatgan va global iqtisodiyotga bosim o‘tkazgan ushbu urushni yakunlash uchun diplomatik kelishuv majburiy emas.

 

Qayd etilishicha, bu bayonot Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Vashington bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini bildirganidan so‘ng yangradi. AQSh va Isroil tomonidan Eron hududiga hujumlar boshlanganiga qariyb besh hafta bo‘lgan.

 

Avvalroq Tramp Eron muzokara olib borayotganini va kelishuvga intilayotganini da’vo qilgan edi. Biroq u Oq uyda jurnalistlar bilan muloqotda bu safar boshqacha pozitsiyani bildirib: “Eron kelishuv tuzishi shart emas”, — dedi Tramp.

 

Shuningdek, u AQSh “ehtimol ikki yoki uch hafta ichida” harbiy harakatlarni to‘xtatishini qo‘shimcha qildi.

 

Trampning aytishicha, AQSh Eron yadroviy qurol ishlab chiqara olmaydigan darajadaligiga ishonch hosil qilganidan keyin hududni tark etadi. Eron esa o‘z yadroviy dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini doimiy ravishda ta’kidlab keladi.

 

Quincy instituti eksperti Trita Parsi Tramp bayonotlariga ehtiyotkorlik bilan qarash kerakligini bildirdi. Uning fikricha, mintaqa bo‘ylab kengaygan va minglab insonlar, jumladan tinch aholi halok bo‘lgan urushdan AQShning tezda chiqib ketishi oson emas.

 

Parsi eslatishicha, dastlab urush qisqa muddatda yakunlanishi aytilgan, ammo muddatlar bir necha bor uzaytirilgan. Uning ta’kidlashicha, AQSh bu jarayon ustidan to‘liq nazoratni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

 

Shu bilan birga, AQSh ichki bozorida benzin narxlari bir gallon uchun 4 dollardan oshdi. Bu holat Eronning Fors ko‘rfazi hududidagi neft infratuzilmalariga zarbalari hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yoqilg‘i oqimini cheklashi bilan izohlanmoqda. Mazkur bo‘g‘oz orqali dunyo nefti va suyultirilgan gazining qariyb beshdan bir qismi o‘tadi.

 

Tramp ittifoqchi davlatlarni, xususan Buyuk Britaniyani, urushda faol ishtirok etmayotgani uchun tanqid qildi. U Truth Social'dagi postida ushbu davlatlarga AQShdan yoqilg‘i sotib olish yoki harbiy harakatlarda qatnashishni taklif qildi. 

 

“AQSh endi sizga yordam bermaydi. O‘zingiz neft toping”, — dedi AQSh yetakchisi.

 

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset ham Buyuk Britaniyaning pozitsiyasini tanqid qildi. O‘z navbatida, Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili mamlakati AQShning muhim ittifoqchisi bo‘lib qolayotganini bildirdi.

 

Tramp Fransiyani ham tanqid qilib, uning Isroilga harbiy yuk tashuvchi samolyotlar uchun havo hududini ochmaganini “foydasiz” deb atadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron devoni esa bu qaror boshidan beri o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

 

Trita Parsi fikricha, Tramp Hormuz bo‘g‘ozini ochish urush maqsadi emasligi haqidagi bayonotlari orqali vaziyatni ijobiy ko‘rsatishga urinmoqda. Shu bilan birga, u Yevropa davlatlarining bu borada yordam bermayotganidan norozi.

 

Ekspertning prognoziga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolishi mumkin. U, shuningdek, Trampning Eronni “tosh davriga qaytarish” haqidagi bayonotini Isroilning harbiy strategiyasiga o‘xshash yondashuv sifatida baholadi.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa intervyusida Eron bilan urush vazifalar nuqtayi nazaridan yarmidan o‘tganini, biroq aniq muddat belgilamasligini aytdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eron bilan urush ikki yoki uch haftada tugashi mumkin — Tramp | Zamon.uz