Jahon

Eron urushining iqtisodiyotga ta’siri oylar davomida seziladi — Avstraliya bosh vaziri

Avstarliya hukumati global iqtisodiy bosimlardan aholini to‘liq himoya qila olmasligini bildirdi.

Eron urushining iqtisodiyotga ta’siri oylar davomida seziladi — Avstraliya bosh vaziri

Avstraliya bosh vaziri Antoni Albanazi Eron bilan bog‘liq mojaro sabab yuzaga kelgan iqtisodiy beqarorlik bir necha oy davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Bosh vazirning ta’kidlashicha, mojaro tarixdagi eng katta yonilg‘i narxi oshishiga sabab bo‘lgan va bu allaqachon aholi daromadlariga bosim o‘tkazmoqda. 

 

“Avstraliya bu urushda ishtirok etmayapti, ammo uning oqibatida barcha yuqori narxlarni to‘lamoqda”, — dedi Albanezi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eron bilan urushi hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozining amalda yopilishi fonida dunyo bo‘ylab yoqilg‘i narxlari keskin oshgan.

 

Albanezi oldinda oson bo‘lmagan davr turganini tan olib, hukumat global iqtisodiy bosimlardan aholini to‘liq himoya qila olmasligini qayd etdi.

 

Shu bilan birga, hukumat vaqtinchalik choralarni e’lon qildi: yoqilg‘i aksizi ikki barobarga kamaytiriladi, og‘ir transport vositalari uchun yo‘l to‘lovlari uch oyga bekor qilinadi. 

 

Bundan tashqari, ichki ta’minotni mustahkamlash va yoqilg‘i importini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

 

Bosh vazir fuqarolarni yoqilg‘idan oqilona foydalanishga chaqirib, imkon qadar jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etdi. 

 

Shuningdek, vahimali xarid qilishdan tiyilish kerakligini bildirdi. Murojaat yakunida u mamlakatni birlikka chaqirib, Avstraliya global muammolarni “birgalikda va o‘ziga xos tarzda” yengib o‘tishini ta’kidladi.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.