O'zbekiston

Haydovchilar uchun jarima ballari bo‘yicha imtiyozlar borligi aytildi

Haydovchi 12 oy davomida umuman jarima ballari olmasa, keyingi birinchi qoidabuzarlik uchun jarima ballari qo‘llanilmaydi.

Haydovchilar uchun jarima ballari bo‘yicha imtiyozlar borligi aytildi

Haydovchilarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima ballari tizimida qator imtiyozlar borligi aytildi. 

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, agar haydovchi oxirgi jarima ballini olganidan so‘ng 6 oy davomida yangi qoidabuzarlik sodir etmasa, uning umumiy jarima ballaridan 2 ball chegirib tashlanadi. Agar mavjud ballar soni 2 tadan kam bo‘lsa, ular to‘liq bekor qilinadi va jarima ballari hisoblanishi yangidan boshlanadi.

 

Shuningdek, haydovchi 12 oy davomida umuman jarima ballari olmasa, keyingi birinchi qoidabuzarlik uchun jarima ballari qo‘llanilmaydi.

 

Agar qoidabuzarlik bo‘yicha noto‘g‘ri qaror qabul qilingan bo‘lsa, u vakolatli organlar yoki sud tomonidan bekor qilinadi va tegishli jarima ballari ham olib tashlanadi.

 

Avvalroq 1-apreldan yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarima ballari mavjud avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan holatlarda ham hisoblanishi ma’lum qilingandi.

 

Unga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari endilikda faqat Yo‘l harakati xavfsizligi (YHX) xodimlari tomonidan emas, balki yo‘lga o‘rnatilgan kamera tizimlari orqali qayd etilgan taqdirda ham jarima ballariga ta’sir qiladi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Haydovchilar uchun jarima ballari bo‘yicha imtiyozlar borligi aytildi | Zamon.uz