Jahon

Isroil hujumlari oqibatida Bayrutda 7 kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, “Hizbulloh” Livan janubida Isroil qo‘shinlariga qarshi jang qilmoqda.

Isroil hujumlari oqibatida Bayrutda 7 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylari Bayrutning janubiy chekka hududlariga hujum uyushtirdi. Harbiylar mazkur zarbalar yuqori martabali “Hizbulloh” qo‘mondonini yo‘q qilishga qaratilganini bildirdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

 

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Jnah hududidagi zarbada 5 kishi halok bo‘lib, 21 kishi jarohatlangan, Xaldehda esa yana 2 kishi halok bo‘lgan.

 

Mahalliy OAV va manbalar zarba turar joyga emas, balki avtomobillarga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. 

 

Shuningdek, “ Hizbulloh” Livan janubida Isroil qo‘shinlariga qarshi jang olib borayotganini, chegara hududlarida “shiddatli to‘qnashuvlar” bo‘layotganini ma’lum qildi. Isroil hududiga ham raketa hujumlari uyushtirilgan.

 

Isroil OAVlari “Hizbulloh” tomonidan 40 dan ortiq raketa uchirilganini, so‘nggi to‘qnashuvlarda kamida 10 nafar isroillik askar halok bo‘lgani e’lon qildi.

 

Bundan tashqari, BMTning UNIFIL missiyasiga mansub 3 nafar tinchlikparvar ham Livan janubida halok bo‘lgan. Umumiy hisobda mamlakatda 1 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 1 milliondan ortiq kishi ko‘chishga majbur bo‘lgan.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu janubiy Livandagi harbiy amaliyotni kengaytirishni buyurgan. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil hujumlari oqibatida Bayrutda 7 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz