O'zbekiston

Jizzaxda jamoat transportida 1-apreldan to‘lov uchun naqd pul qabul qilinmaydi

ATTO orqali to‘lov amalga oshirilganda yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi.

Jizzaxda jamoat transportida 1-apreldan to‘lov uchun naqd pul qabul qilinmaydi

Jizzax shahrida jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda naqd puldan voz kechib, to‘liq elektron to‘lov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mahalliy hokimlik qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, shaharda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, to‘lovlar shaffofligini ta’minlash va sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsad qilingan. Shuningdek, ushbu choralar orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, amaldagi tariflarga muvofiq, Jizzax shahrida avtobuslarda yo‘lkira haqi bir yo‘lovchi uchun 3000 so‘m etib belgilangan. Elektron to‘lov tizimi — ATTO orqali to‘lov amalga oshirilganda esa rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilib, yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi.

 

Qarorga asosan, 2026-yil 1-apreldan boshlab shahar avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda qabul qilish amaliyoti to‘liq bekor qilinadi. Yo‘lovchilardan to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

 

Shu maqsadda, Jizzax shahrida avtobus bekatlariga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi infokiosklar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Mazkur qurilmalar orqali yo‘lovchilar elektron chiptalarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Infokiosklar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joylar ro‘yxati tegishli idoralar tomonidan shakllantiriladi.

 

Bundan tashqari, shahardagi barcha avtobuslar maxsus validatorlar bilan jihozlanib, yo‘l haqini avtomatlashtirilgan ATTO tizimi orqali to‘lash doimiy nazoratga olinadi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jizzaxda jamoat transportida 1-apreldan to‘lov uchun naqd pul qabul qilinmaydi | Zamon.uz