O'zbekiston

O‘zbekistonda internetsiz mobil aloqa tarif rejalari joriy etilishi mumkin

Mobil aloqa operatorlari tomonidan internet trafigisiz tarif rejalarini taklif etish majburiy bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda internetsiz mobil aloqa tarif rejalari joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan mobil aloqa xizmatlarida yangi o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. Vazirlik tomonidan aholining turli qatlamlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda tarif rejalarini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Hujjatga ko‘ra, mobil aloqa operatorlari tomonidan internet trafigisiz — faqat qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlardan iborat tarif rejalarini taklif etish majburiy bo‘lishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, ayni paytda bozorda bunday tarif rejalarining mavjud emasligi ayrim fuqarolar uchun qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, internetdan foydalanmaydigan keksa yoshdagilar majburiy tarzda internet paketi mavjud tariflarga ulanishga majbur bo‘lmoqda.

 

Shuningdek, ayrim ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini zararli axborotlardan himoya qilish maqsadida internetsiz tariflarni afzal ko‘rsa-da, hozircha bunday tanlov imkoniyati cheklangan.

 

Mazkur qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan. 

 

Hujjat 31-mart kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.