O'zbekiston

O‘zbekistonda poyezdlar kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi

Yo‘lovchilardan poyezdlar belgilangan jadvaldan kech kelishi, manzilga kech yetib borishi haqida shikoyatlar kelib tushgan.

O‘zbekistonda poyezdlar kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuborilgan so‘rov asosida mahalliy yo‘nalishlarda (oddiy va tez yurar) poyezdlar kechiksa, yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda Qo‘mitaga va ijtimoiy tarmoqlarga yo‘lovchilar tomonidan poyezdlar belgilangan jadvaldan kech kelishi, manzilga kech yetib borishi haqida 2025-yilda ushbu masala bo‘yicha Raqobat qo‘mitasiga 51 ta murojaat shikoyatlar kelib tushgan. 

 

Xususan, Toshkent–Buxoro–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi “Sharq” poyezdlari doimiy ravishda 40 daqiqadan 1 soatgacha kechikib kelayotgani ta’kidlangan. Yo‘lovchilar chiptalarida ham poyezd kelishi haqidagi to‘g‘ri ma’lumot ko‘rsatilmagani qayd etilgan.

 

Qonunchilikda esa mahalliy yo‘nalishlarda poyezd kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanmagani aniqlandi.

 

 “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, iste’molchilar tovar va xizmatlarni erkin tanlash, sifatli bo‘lishini talab qilish hamda moddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

 

Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi Transport vazirligiga so‘rov yuborib, yo‘lovchilar huquqlarini ta’minlash maqsadida yangi qoidalar joriy etilishini talab qilgan. 

 

Vazirlik hozirda “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari”ning yangi tahriri ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.

 

Yangi tartibga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlarda poyezd kechiksa, yo‘lovchilarga quyidagicha kompensatsiya to‘lanadi:

 

• 15–30 daqiqa kechiksa – yo‘lkira qiymatining 15%;

 

• 31–60 daqiqa kechiksa – yo‘lkira qiymatining 25%;

 

• 61–120 daqiqa kechiksa – yo‘lkira qiymatining 50%;

 

• 121 daqiqadan ko‘p kechiksa – yo‘lkira qiymatining 100%;

 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda ushbu tartib faqat “Afrosiyob” poyezdlari uchun mavjud edi, yangi qoidalar asosida esa mazkur tartibning barcha mahalliy yo‘nalishlarda qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda poyezdlar kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi | Zamon.uz