Jahon

Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U korrupsiyada gumon qilinmoqda.

Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Shoirbek Tashiyev qo‘lga olindi. Bu haqda Katus media xabar berdi.

 

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, sobiq deputat Shoirbek Tashiyev korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olingan.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olish Davlat soliq xizmati materiallari hamda auditorlik tekshiruvi asosida “Qirg‘izneftgaz” OAJda aniqlangan korrupsiya holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshirilgan.

 

Hozirda Qamchibek Tashiyevning ukasi Bishkek shahar IIBBning vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"