O'zbekiston

Qashqadaryoda 9 mingdan ortiq fuqaroning uy-joyiga egalik huquqi tan olindi

Bugungi kunga qadar 100 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan.

Qashqadaryoda 9 mingdan ortiq fuqaroning uy-joyiga egalik huquqi tan olindi

Qashqadaryo viloyatida olib borilayotgan xatlov ishlari natijasida 9 223 nafar fuqaroning uy-joyiga egalik huquqi rasman tan olindi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Kasbi tumanida 1199 ta, Qamashi tumanida 1167 ta, Nishon tumanida 1116 ta hamda G‘uzor tumanida 911 ta uy-joy bo‘yicha fuqarolarning egalik huquqi tan olingan. 

 

Mazkur ishlar Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan O‘RQ-937-sonli qonun ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilib, yagona elektron bazada shakllantirilmoqda.

 

Natijada fuqarolar o‘z uy-joylarini to‘liq qonuniy asosda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

 

Endilikda ular o‘z mulkiga egalik huquqini mustahkamlab, uni erkin tasarruf etish — sotish, hadya qilish, meros qoldirish yoki bankka garov sifatida qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda 9 mingdan ortiq fuqaroning uy-joyiga egalik huquqi tan olindi | Zamon.uz