Jahon

Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

An-26 yengil harbiy-transport samolyoti bo‘lib, o‘rtacha masofalarga qo‘shin va texnikani tashish uchun mo‘ljallangan.

Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Anneksiya qilingan Qrim hududida Rossiyaning An-26 rusumli harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib DW ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, rejalashtirilgan parvozni amalga oshirayotgan samolyot bilan aloqa 31 mart kuni soat 18:00 atrofida uzilgan. Keyinchalik u qoyaga urilib qulagani aniqlangan.

 

Halokat oqibatida bortdagi 6 nafar ekipaj a’zosi va 23 nafar yo‘lovchi — jami 29 kishi halok bo‘lgan.

 

Vazirlikka ko‘ra, samolyotga tashqi zarba berilgani aniqlanmagan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, fojia texnik nosozlik sabab yuz bergan.

 

Ma’lumot uchun, An-26 yengil harbiy-transport samolyoti bo‘lib, o‘rta masofalarga qo‘shin va texnikani tashish uchun mo‘ljallangan. Ushbu turdagi samolyotlar bilan bog‘liq halokatlar Rossiyada avval ham kuzatilgan. Xususan, 2021 yil iyul oyida Kamchatkada sodir bo‘lgan aviahalokatda bortdagi 28 kishining barchasi halok bo‘lgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz