Jahon

Rossiya Ukrainaning Lugansk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi

Moskva 2022-yil fevralida boshlangan urushdan buyon uchinchi bor shunday bayonot bermoqda.

Rossiya Ukrainaning Lugansk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mamlakat qo‘shinlari Ukrainaning sharqidagi Lugansk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

 

Vazirlik bayonotida hududning egallanishi “ozod etish” sifatida ta’riflanib, G‘arbiy harbiy bo‘linmalar “Lugansk Xalq Respublikasi” deb e’lon qilingan hududning to‘liq qismini qo‘lga kiritgani bildirildi.

 

Qayd etilishicha, Rossiya avval ham 2022-yil va 2025-yil iyul oylarida Lugansk ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini da’vo qilgan.

 

Mustaqil tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya kuchlari 2022-yil yozidan buyon viloyatning deyarli barcha — 26,7 ming kvadrat kilometr hududini egallashga erishmoqda.

 

Mazkur bayonot Rossiya qo‘shinlari yozda yangi hujum boshlashga hozirlanayotgani haqidagi xabarlar fonida yangradi. Shu bilan birga, Moskva urush yana bir necha yil davom etishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilmoqda.

 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qo‘shinlarni qo‘shni Donetsk viloyatidan olib chiqishga chaqirdi. Peskov bu qaror ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi va urushning faol bosqichini to‘xtatishi mumkinligini qayd etgan.

 

Zelenskiy esa AQSh vositachilari orqali Kreml tomonidan ultimatum qo‘yilganini bildirib, unda Ukraina qo‘shinlarini ikki oy ichida butun Donbas hududidan olib chiqish talab etilganini ma’lum qildi. Aks holda, Rossiya tinchlik muzokaralarida qo‘shimcha yon berishlar talab qilishi mumkinligi qayd etilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiya ta’lim vaziri litseylarda ishda bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rnini bosish bo‘yicha «favqulodda reja»ni taqdim etdi.

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ryazan viloyatidagi va Kaluga shahridagi ma’lumotlar markazlari dronlar hujumiga uchradi.

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Sud jarayoni 2027-yil 1-iyunga belgilangan.

Eron AQSH bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi — Pezeshkian

Eron AQSH bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi — Pezeshkian

Eron prezidentining aytishicha, tomonlar takliflar almashgan va ularga tuzatishlar kiritmoqda.

“Bu sinov edi”: Irkutskda o‘lat xavfi bo‘yicha tekshiruv yakunlandi

“Bu sinov edi”: Irkutskda o‘lat xavfi bo‘yicha tekshiruv yakunlandi

Rasmiylar o‘lat tarqalgani haqidagi xavotirlarni tasdiqlovchi holatlar aniqlanmaganini bildirdi.