Jahon

Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya bog‘ida ko‘chat ekdi

O‘zbekiston bo‘ylab 21 mingga yaqin fuqaro 164 gektar maydonda ko‘chat ekish ishlarida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya bog‘ida ko‘chat ekdi

O‘zbekistonda 108 gektar maydonda tashkil etilayotgan Milliy dendrologiya bog‘i hududida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bog‘ hududidagi “Yashil” universitet negizida “ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida “in-vitro” laboratoriya, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari barpo etilmoqda. Ushbu obyektlarni joriy yilning o‘zida ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan. Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his etib turibmiz”, — dedi Prezident. 

 

Shavkat Mirziyoyev mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari, barcha faollarga murojaat qilib, joylarda milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib qilishga, mahalla aholisini hamjihatlik va ahillik ruhida mana shunday ezgu ishlarga chorlashga, klublar, jamoalar tashkil etib, har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirdi. 

 

“Zero, yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak demak!” — dedi davlat rahbari.

 

Tadbir davomida O‘zbekiston Prezidenti xorijiy mehmonlar, jumladan, BMT O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, forum Kotibiyati direktori Julyet Biao hamda O‘zbekistondagi diplomatik korpus vakillariga minnatdorlik bildirdi.

 

Shundan so‘ng Prezident tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda bog‘ning dastlabki 5 gektar hududida manzarali ko‘chatlar ekdi.

 

Shu bilan bir vaqtda, respublika bo‘ylab 21 mingga yaqin fuqaro 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat ekish ishlarida ishtirok etdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya bog‘ida ko‘chat ekdi | Zamon.uz