O'zbekiston

“Tashabbusli byudjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Mazkur loyihalar uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘laridan jami 18,2 mlrd so‘m ajratildi.

“Tashabbusli byudjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Joriy yilgi “Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘lmagan 47 ta loyiha qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘laridan jami 18,2 mlrd so‘m ajratilib, ushbu 47 loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilindi.

 

Amaldagi tartibga muvofiq, tuman va shahar Kengashlariga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

 

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

 

O‘zbekistonda Tashabbusli byudjetning 2026-yil birinchi mavsumi doirasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1996 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Ularni amalga oshirish uchun 3 trillion 5 milliard 827 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Tashabbusli byudjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi | Zamon.uz