O'zbekiston

Toshkent va Sirdaryoda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent va Sirdaryoda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.R. boshqa bir fuqaroga tanishlari orqali viza rasmiylashtirib berish va “Umra”ga yuborishni va’da qilib, 1 650 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shunga o‘xshash holat Uchtepa tumanida ham qayd etilib, fuqaro A.R. fuqaro M.X.ni ishontirib, viza tayyorlab berish evaziga 1 500 dollar olayotganida qo‘lga olingan.

 

Sergeli tumanida esa fuqaro M.M. va boshqalar fuqaroni Saudiya Arabistoniga viza tayyorlab, “Umra ziyorati”ga yuborish uchun 1 250 dollar olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida aniqlangan holatda esa ilgari firibgarlik uchun sudlangan fuqaro D.B. “Umra”ga yuborish va’dasi bilan 1 000 dollar talab qilib, mablag‘ning 900 dollari va 1,2 million so‘mini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent va Sirdaryoda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi | Zamon.uz