O'zbekiston

Toshkentda sud qaroridan norozi erkak daraxtga chiqib oldi

U pastga tushirilgach, Oliy sud raisi tomonidan qabul qilinib,murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilgan.

Toshkentda sud qaroridan norozi erkak daraxtga chiqib oldi

 

Toshkentda sud qarorlaridan norozi fuqaro Oliy sud binosi yonidagi daraxtga chiqib oldi. Holat yuzasidan Oliy sud rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 30-mart kuni 1979-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan fuqaro A.Ch. Oliy sud binosi yaqinidagi daraxtga chiqib, o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud qarorlaridan noroziligini bildirgan.

 

Tegishli xizmatlar tomonidan fuqaro pastga tushirilgan va uning jismoniy holati tekshirilgan. Tekshiruv natijasida unga hech qanday shikast yetmagani aniqlangan. Shundan so‘ng u Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov tomonidan qabul qilinib, murojaati belgilangan tartibda o‘rganish uchun rasmiylashtirilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2020-yil 5-oktabrdagi hukmiga binoan A.Ch. Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan oqlangan. Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Birinchi instansiya sudi hukmi keyinchalik yuqori instansiya sudlari tomonidan ham ko‘rib chiqilib, o‘zgarishsiz qoldirilgan.

 

Shuningdek, 2025-yil 29-noyabr kuni fuqaro Oliy sud raisi qabulida bo‘lgan va unga nisbatan chiqarilgan sud qarorlarini o‘zgartirish uchun yetarli asoslar mavjud emasligi ma’lum qilingan.

 

Oliy sud bayonotida fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlangani, shuningdek Oliy sudga murojaat qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartiblar mavjudligi ta’kidlangan.

 

Sud vakillariga ko‘ra, murojaat qilish jarayonida bunday noodatiy yoki xavfli harakatlarga qo‘l urish zarur emas. Fuqarolarga o‘z huquqlarini qonuniy mexanizmlar orqali himoya qilish va belgilangan tartibda murojaat qilish tavsiya etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda sud qaroridan norozi erkak daraxtga chiqib oldi | Zamon.uz