Jahon

Tramp NATOdan chiqish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi

AQSH prezidenti NATO ittifoqchilari Eronga qarshi operatsiyada AQShni qo‘llamaganini tanqid qildi.

Tramp NATOdan chiqish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi

 

Donald Tramp NATO ittifoqchilari Eronga qarshi harbiy operatsiyada AQShni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani sababli AQSHning alyansdan chiqish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

 

Trampning ta’kidlashicha, NATO a’zolari uning qarorlariga amalda ta’sir o‘tkaza olmagan va u alyansni “qog‘oz yo‘lbars” deb baholagan.

 

AQSh prezidenti, shuningdek, bu holat Vladimir Putinga ham yaxshi ma’lum ekanini aytgan.

 

1-aprel kuni Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida NATO ittifoqchilari Eronga qarshi harbiy operatsiyada AQShga yordam berishdan bosh tortganiga izoh bergan. Uning fikricha, bu vaziyat Vashingtonni alyansning amaldagi rolini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda.

 

Rubio AQSh o‘z manfaatlarini himoya qilish jarayonida NATOga a’zo davlatlar hududidagi harbiy bazalardan to‘liq foydalana olmayotganini ta’kidlab, alyansni “bir tomonlama harakat qiluvchi tizim” sifatida baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari Yevropada qit’a xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirilgan bo‘lsa-da, Vashington yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashni ko‘rmayapti.

 

Shuningdek, Tramp NATO davlatlaridan yordam kutayotganini bildirib, ayrim masalalarda ittifoqchilar avtomatik ravishda AQShni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lganini ta’kidlagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.